Event Management
Menu
Event Management
Tadbir rejalashtirmoqdamisiz? Biz siz uchun eng yaxshi tadbirni yaratib beramiz, jiddiy va keng ko'lamli tadbir yoki korporativ tadbir bo'lsa ham. Biz doimo ijodkorlik va g'oyalar bilan to'lamiz va ularni siz bilan baham ko'rishga tayyormiz! Bu yerda loyihalarimizning namunalarini ko'rishingiz va ishimizni baholashimiz mumkin.
Ushbu yorqin hodisani tashkillashtirish bu safar ham bizning jamoamizga ishonib topshirildi! Kecha dasturi brendning avvalgi tadbirlaridagidek turli voqealarni o’z ichiga oldi. Do’konga kelgan mehmonlarni quvnoq animatorlar qarshi olishdi, bolajonlar uchun akvagrim tashkillashtirildi, qolaversa qiziqarli tanlovlar o’tlazilib, unda barcha ishtirok etish va sovg’alarni qo’lga kiritish imkoniga ega bo’ldi. Bir so’z bilan aytganda, marosimdagi muhit haqiqatdan ham bayramona bo’di!
“Yetakchilar marafoni” deb nomlangan ushbu tadbirda biz avvaliga xodimlar o’rtasidagi “muzni eritishga” qaror qildik, ya’ni tadbir qizg’in kechishi uchun maxsus icebreakers mashqlarini o’tlazdik. So’ng boshqaruv tarkibi uchun konferensiya bo’lib o’tdi, uning doirasida ham biz ishtirokchilarni jamolarga bo’ldik va butun kun davomida tanaffuslar paytida intellektual tanlovlar o’tkazdik. Kechki payt bo’lib o’tgan gala-ujin chog’ida icebreakerni davom ettirdik, tanlovlar dasturiga esa texnofan o’yinlari bilan yakun yasadik.
Grand Orzu mehmonxonasida bo’lib o’tgan ilk ivent – Samsung kompaniyasining TS Mobil telefonlar riteyli bo’limi uchun maxsus o’tkazildi. Tadbir test formatidagi greydingdan boshlanib, Clun Castle restoranidagi bayram kechasi bilan yakun topdi. Maishiy texnika riteyli bo’limi merchendayzerlari va promouterlari uchun navbatdagi greyding Golden Valley mehmonxonasida bo’lib o’tdi. Mazkur tadbir ham “Старый Арбат” restoranida o'tkazilgan yangi yil kechasi bilan yakunlandi. Uchinchi event – Samsung HA/AV hamkorlari uchun yangi yil korporativi “Obi hayot” restoranida o’tkazildi, unda kompaniyaning hududiy dilerlari ham ishtirok etishdi. Ushbu kecha uchun O’zbekiston Xalq artisti Nasiba Abdullayeva maxsus taklif etildi. Qolaversa mehmonlar VIA Xalif va Timur Talipov, “Navruz” raqs dastasi va taniqli fokuschi-illyuzionist Dmitriy Polyakovning hayratlanarli chiqishlaridan bahramand bo’lishdi. Biz domiy hamkorlarimizdan biri – Samsung kompaniyasi uchun tadbirlar tashkillashtirishdan mamnunmiz va ularga Yangi yilda omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Mazkur aksiya doirasida maishiy texnika ko’rinishidagi qimmatbaho sovg’alar va asosiy priz – Dubayga ikki kishilik yo’llanma o’ynaldi. Tanlov qiziqarli shouga aylandi, uni boshlovchi Arsen Dlyanchev olib bordi. G’oliblar ishtirokchilarning maxsus kartochkalarini o’zida jamlagan lototron yordamida aniqlandi. Yutuq egalarini taqdirlash marosimi esa 19-dekabr kuni “MD” zavodida bo’lib o’tdi. Biz kompaniyaning 15 yilligiga atab maxsus o’tkazilgan tanlovni tashkillashtirishda ishtirok etganimizdan mamnunmiz va MD jamoasiga kelgusida ham omad hamda muvaffaqiyat tilab qolamiz!
Turli mamlakatlar hukumat delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlarning mehnat bo’yicha ekspertlarini jamlagan mazkur yirik hodisani tashkillashtirish bizning jamoaga ishonib topshirildi. Tadbir doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Gay Rayder O’zbekistonga ilk marotaba tashrif buyurdi. Anjumanning faxriy mehmoni O’zbekiston Respublikasining bosh vaziri Abdulla Oripov bo’ldi. Shuningdek tadbirda O’zbekiston, Afg’oniston, Qirg’iziston mehnat vazirlari, Ozarbayjon mehnat vazirining o’rinbosari, Qozog’iston vitse-vaziri, Tojikiston Respublikasi Mehnat, migrasiya va bandlik vazirligining Migrasiya xizmati boshlig’ining birinchi o’rinbosari, Turkmaniston mehnat vazirining o’rinbosari, Rossiya Federatsiyasi mehnat va aholi ijtimoiy muhofaza qilish vazirinig o’rinbosari ishtirok etdi. Ana shunday yirik va mamlakatimiz hayoti uchun muhim sanalgan tadbirni tashkillashtirishda ishtirok etish jamoamiz uchun ulkan sharafdir!
Mazkur madaniy kecha dasturi voqealarga boy edi. Uni estradamiz yulduzlari, O’zbekiston xalq artistlari, qolaversa milliy raqs dastalarining chiqishlari boyitdi. Ushbu hodisa uchun maxsus Tilaklar kitobi yaratildi, unga Qabul ishtirokchilari o’z tilaklari va minnatdorchilik so’zlarini yozib qoldirishdi. Tadbirning faxriy mehmoni Gay Rayder birinchi bo’lib ushbu kitobga dildagi izhorlarini bitib qoldirdi. Kompaniyamiz uchun ana shunday tarixiy hodisani tashkillashtirish sharafdir. Bizga bildirilgan ishonch uchun O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o’z minnatdorchiligimizni izhor etamiz!!
Bu 30-yillardagi Chikagoni eslatuvchi voqealarga boy bayram bo’ldi. Ushbu davr hashamatlilik, jaz, mafiya, qurol va hayajon bilan esga olinadi. Kerakli muhitni yaratish uchun ushbu jihatlarni hisobga olish kerak edi, shu sababli biz maksimal darajada tadbirdagi barcha narsani o’ylab chiqdik – taklifnomalardan tortib iventga maxsus poyabzal tozalovchi va hattoki Don Vito Korleonni ham taklif etdik. «Супер люди» jamoasi barchaga ajoyib kayfiyat ulashdi, qizg’in taronalar esa Sharqoniy va Jazirama guruhlari tomonidan jarang sochdi. Bayram tadbiriga Reginight raqs jamoasining chiqishlari o’zgacha ko’rk bag’ishladi, kechaning maxsus mehmoni esa latofatli Munisa Rizayeva bo’ldi. Bayram DJ Baganing chiqishlari bilan yakun topdi. Qolaversa mehmonlarni Sergey Zlotnikov tomonidan o’tkazilgan fleshmob xursand qildi. Kechaning yana bir ajoyib sovg’asi – bayram mavzusiga mos tort bo’di, u o’zining ko’rinishi va ajoyib ta’mi bilan barchani lol qoldirdi!
Bir oy davomida taniqli dizayner-florist uy, restoran, mehmonxona holli yoki boshqa istalgan joyni qanday qilib noodatiy tarzda bayramona kompozitsiyalar bilan bezash g’oyalarini bo’lishdi. Har yakshanba kuni poytaxtimiz aholisi Ruben Saakyandan turli xil floristik kompozitsiyalar yaratishni o’rganish va mazkur jarayonda ishtirok etish imkoniga ega bo’lishdi. Barcha ijod namunalari asosan tabiiy narsalardan tayyorlandi, bezatish elementlari sifatida yangi yil pufaklari, munchoqlar va boshqa bezklardan, qolaversa floristika uchun noodatiy bo’lgan turli metallar, jumladan mis, mum, plastik kabilardan foydalanildi. Biz ushbu ko’rkam tadbirlarni texnik qo’llab-quvvatlaganimizdan mamnunmiz!
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va "Toshkent" Respublika fond birjasi (UZSE) ko’magi ostida bo’lib o’tdi. Ulkan masshtabdagi mazkur iventni bizning jamoamiz tashkillashtirdi! "O'zbekiston fond bozorining imkoniyatlari va" QMZ" AJning jozibadorligi omillari" mavzusidagi taqdimot O’zbekistonning Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Buxoro, Andijon, Qarshi, Nukus va Navoiy kabi 8 ta shaharlarida o’tkazildi. Road show doirasida Freedom Financening Rossiyadagi ofisi bosh direktori o’rinbosari Igor Klyushnev va aktivlarni boshqarish boshqarmasi boshlig'I Yegor Romanyuk dunyo fond bozorlarida investitsiya qilish tajribasi bilan o'rtoqlashdi va taqdimot ishtirokchilarining savollariga javob berishdi.
Taqdimot marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va davlat idoralari, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, qator xalqaro moliya institutlari va konsalting muassasalari vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, yetakchi mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Jahon bankining ishchi guruhi bilan birgalikda ishlab chiqilgan «islohotlar yo‘l xarita»si taqdim etildi. Mazkur “yo’l xaritasi”ga kiritilgan tadbirlar xalqaro moliya institutlari va ikki tomonlama hamkorlar ko’magida amalga oshirilishi ko’zda tutilmoqda. Biz jamomizning ana shunday muhim va ulkan masshtabdagi tadbirni tashkillashtirishga jalb etilganidan niyohatda mamnunmiz!
Korporativ o’qitishda geymifikatsiya bo’yicha rossiyalik mutaxassis Oleg Panin ishtirokidagi HR-Club uchrashuvi ajoyib tarzda o’tdi! HR sohasida o’z ishining ustalari o’yinli, interaktiv va jalb etuvchi texnologiyalar haqida so’z olib borishdi. Tadbir quyidagi tashkilotlar tashabbusi bilan o’tkazildi: DaVinci Management Consulting – boshqaruv konsaltingi bo’yicha ixtisoslashgan kompaniya; Be the Change Group – milliy va xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi ta’lim tadbirlari tashkilotchilari; Oleg Panin – interaktiv ta’lim bo’yicha ixtisoslashgan Center-Game kompaniyasi bosh direktori.
Ucell kompaniyasining “Mo’jizalar mavsumi” yangi yil aksiyasining ilk bosqichi Ucell Plaza bosh ofisida bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirni bizning jamoamiz tashkillashtirdi! Tanlov g’oliblari kompaniya tomonidan taqdim etilgan eng saxiy sovg’alarni qo’lga kiritishdi. Bular 4 ta spark avtomobili va 10 000 000 so’mlik 10 ta pul yutuqlari edi. Tashrif buyurganlar uchun kutilmagan sovg’alardan biri bu – tanlovning Scorpion filmi yulduzlari – Yulduz Rajabova va Akbarxo’ja Rasulov tomonidan olib borilgani bo’ldi. Aksiyaning ilk bosqichi juda quvnoq va qiziqarli tarzda o’tdi, ishtirokchilar ajoyib sovg’alarni qo’lga kiritishdi va zo’r kayfiyatga ega bo’lishdi.
Konferensiya ishtirokchilari mobil qurilmalar uchun Samsung KNOX axborot xavfsizligi zamonaviy tizimi, ma’lumotlarni ulkan joyda taqdim etish imkonini yaratuvchi devoriy video displeylar, taqdimotlar uchun mo’ljallangan Samsung Flip sensorli funksional displeylari, LED-panellar, monitorlar, ma’lumotlarni saqlash uskunalari, “yarimsanoat” sovutgichlari va boshqa ishlanmalar bilan tanishib chiqishdi.
Chekhov Sport Clubs tarkibidagi eng katta, yangi – Chekhov Yulduz sportklubi ochilish marosimiga klub mijozlari, estradamiz yulduzlari, mashhur insonlar, qolaversa OAV vakillari va blogerlar tashrif buyurdi. Kompaniyamiz ushbu klubning hamkori ekanligidan va mazkur baytamni tashkillashtirishda oz bo’lsada o’z hissasini qo’shganidan mamnunmiz!
“Made in Uzbekistan” nomli I Xalqaro eksport ko‘rgazma-yarmarkasida bizning kompaniyamiz Samarqand avtomobil zavodining ko’rgazma stendini tashkillashtirish sharafiga ega bo’ldi. Mazkur ko’rgazmada kompaniya Isuzu yapon dvigateli o’rnatilgan zamonaviy yuk mashinalari va avtobuslarning Trucks for life nomli yangi modellar turkumini taqdim etdi.
O’zbekistonning investitsion imkoniyatlariga bag’ishlangan tadbirda Qo’qon mexanika zavodi aksiyalarini xarid qilish uchun investorlardan arizalar qabul qilishga start berildi. O’zbekistonning yirik investorlari tashrif buyurgan mazkur iventni tashkillashtirish bizning jamoaga ishonib topshirildi. Tadbir FREEDOM finance kompaniyasi tashabbusi ostida o'tkazildi. Tadbir davomida mamlakatimizning investitsion imkoniyatlariga bag’ishlangan nutqi bilan mazkur kompaniyaning asoschisi Timur Turlov chiqish qildi va O’zbekiston shaharlari bo’ylab yirik masshtabdagi road showga start berilishini e’lon qildi.
DIASA ijtimoiy harakati tashabbusi bilan o’tkazilgan mazkur tadbir har yili 14-noyabrda nishonlanadigan Xalqaro diabetga qarshi kurash kuniga bag’ishlandi. Shu kuni tadbirga tashrif buyurganlar voqealarga boy dasturdan baxramand bo’lishdi. Futbol o’yinida AFC DIASA jamoasi hamda Black Bears nomli “yulduzli” klub a’zolari ishrirok etishdi. Qolaversa tadbirda Shaxriyor, Akbar Atamuxamedov, DJ Live Band guruhi solisti Yevgeniy Shtapov kabi taniqli estrada vakillari va poytaxtimizning yetakchi di-djeylari – Dj Kyamran Silience hamda DJ Sam chiqish qilishdi. Jamoamiz ushbu xayriya futbolini tashkillashtirishda ishtirok etganidan mamnunmiz!
Tadbir voqealarga boy tarzda o'tdi — u matbuot brifingidan boshlandi, so'ng furshet, oshxonaga ekskursiya, ana undan keyin esa restoranning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'plab mehmonlar tashrif buyurdi, OAV vakillari, blogerlar va fikrlar sardorlari ana shular jumlasidan. Ko'ngilochar dastur 10:00 dan 18:00 ga qadar davom etdi. U ko'plab raqs dastalari va musiqiy guruhlarning chiqishlari, karnay va surnayning shodon ovozi-yu, animator, qiziqchi hamda masxarabozlarning tomoshalarini o’z ichiga oldi.
Tadbir bankning transformatsiyasiga bag'ishlandi. O'zsanoatqurilishbank endilikda qisqacha va zamonaviy tarzda SQB deb nomlanadi, logotip o'zgardi, shuningdek takomillashuv kompaniyaning ichki biznes jarayonlariga ham ta'sir qildi. Ajoyib do'stona ruhdagi uchrashuvda jurnalistlar va fikrlar sardorlari bankning yangi vizual konsepti va rivojlanish strategiyasi bilan tanishishdi.
Bizning jamoamiz O’zbekiston tadbirkorligining asosiy bayrami – Global tadbirkorlik haftaligi 2018 tadbiring event-hamkori edi. GEN Uzbekistan mazkur haftalikni O’zbekistonda ikkinchi marotaba o’tkazmoqda va bu safargi tadbir shiori “Taraqqiyot uchun hamkorlik!” deb nomlandi.
O'zbekistonda ilk bor O'zbekiston tadbirlar tashkillashtirish milliy uyushmasi (O'TTMU) tashabbusi bilan o’tkazilgan ivent-marafon juda quvnoq tarzda kechdi, unda ko'plab masalalar va mavzular muhokama qilindi hamda ko'pgina keys va foydali asboblar yig’ildi. Bu Sergey Makarov, Sergey Doljenkov, Dmitriy Kolodkin, Laylo Tagayeva, Tigran Tuniyans kabi o’z mamlakatlarining event sohasi haqiqiy ustalari taklif etilgan ikki kunlik intensiv edi.
Kuz mavsumining eng yorqin hodisalaridan biri Unique Present Media Holdingda kompaniyaning yetti yilligi munosabati bilan o’tkazilgan Ochiq eshiklar kuni bo’ldi. Bo’lib o’tgan ikki kun davomida ofisimizga ko’plab kompaniya vakillari – hamkor-do’stlarimiz, OAV vakillari, blogerlar tashrif buyurdi Ofisimiz bo’ylab ekskursiya, tanishuvlar, tavsiyalar, ovoz yozish studiyamizda qo’shiq yozish jarayoni, maxsus tilaklar taxtasida mehmonlarimiz tomonidan qoldirilgan tabriklar, sovg’alar va eksklyuziv intervyu! Xullas, tadbirimiz voqealarga boy o’tdi! Bayram lahzalarini biz bilan birgalikda baham ko’rgan har bir kishiga o’z minnatdorchiligizmizni bildiramiz!
Seminarning o’ziga xos jihati shunda bo’ldiki, u «Sem pyatnits» restoranida o’tkazildi. Ishbilarmonlar tadbiri uchun bunday noodatiy joy, Ukrainadan taklif etilgan spiker, taqdimotchilarning qiziqarli mavzulari tadbir ishtirokchilarining nafaqat foydali ma’lumotlar olishiga, balki vaqtni norasmiy va qulay muhitda mamnuniyat bilan o’tkazishiga imkon yaratdi.
Toshkentda Ucell kompaniyasining “Mo’jizalar mavsumi” yangi yil aksiyasiga bag’ishlangan avtosayohat bo’lib o’tdi. Mazkur aksiyani bizning jamoamiz tashkillashtirdi! Uchta brendlangan avtomobil Qorbobo va Qorqizlar boshchiligida shaharning yirik ko’ngilochar savdo markazlari bo’ylab sayohat qilishdi. Ilk manzil – yangi Compass KSM bo’lib, so’ng Samarqand darvoza KSM, ana undan keyin esa aksiya Mega Planet KSMda yakun topdi. Qorbobo va Qorqizlar quvnoq tanlovlar va viktorinalar o’tkazishdi, shahar aholisiga ajoyib kayfiyat hamda esdalik uchun kompaniya tomonidan sovg’alar ulashishdi.
Bizning jamoamiz INNOWEEK 2018 Xalqaro innovatsiyalar haftaligi o’tkazilgan “Uzekspomarkaz” MKM xolini bezatish ishlari bilan shug’ullandi. Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi va O’zbekiston savdo-sotiq palatasi tomonidan tashkillashtirildi.
O’zbekistonning yirik IT-riteyllari tashrif buyurgan Lenovo Partner Day konferensiyasini tashkillashtirishni ham bizning jamoaga ishonib topshirishdi. Konferensiya doirasida xalqaro konsern vakillari o’zbekistonlik hamkorlari bilan muloqotda bo’lishdi, zamonaviy foydalanuvchilarning talablari, trendlar va mahalliy bozorda savdo-sotiqni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
"Diabetga qarshi kurash" mavzusiga bag'ishlangan tadbirda taniqli parhezshunos Antoniy Malkov chiqish qildi va qanday qilib sog'lom yurish hamda jismoniy faollikka e'tibor qaratish haqida so'z olib bordi. Shu kuni eksklyuziv keytering-hamkorimiz Suzane Catering bosh oshpazi Ildar Aflitunov tomonidan mahorat darsi ham o'tkazildi. Ildar maxsus vitaminga boy salat tayyorlash sirlari bilan bo'lishdi. Biz sog'lom turmush tarziga bag'ishlangan mazkur tadbirni tashkillashtirganimizdan mamnunmiz!
Moskva hayvonot bog’i taqdimot-ko’rgazmasining ochilishi, Rossiya ijrochilarining konsert dasturi, qilichbozlik va sambo bo‘yicha do‘stlik turniri, Rossiyada xizmat ko’rsatgan rassomlar Sergey va Maksim Sidorenkolarning ko’rgazmasi ochilishi hamda rus oshxonasi va mahsulotlari taqdimoti – ushbu barcha ishbilarmonlar uchrashuvlari va madaniy tadbirlar Toshkentda Moskva kunlari doirasida bo’lib o’tdi. Jamoamiz mamlakatimiz madaniy hayotidagi shu kabi muhim tadbirlarni tashkillashtirishda ishtirok etganidan baxtlimiz!
Biz butun O'zbekiston bo'ylab Ucellning hududiy dilerlari va korporativ mijozlari uchun konferensiyalar tashkil qilgan edik, Ushbu konferensiyalarda kompaniyaning ikki Special va Gigaman tarif rejalari taqdimoti Qarshi, Termiz, Nukus, Urganch, Samarqand, Jizzax, Guliston, Andijon, Namangan, Farg’ona, Navoiy va Buxoro shaharlarida bo'lib o'tdi.
Seminar 22-oktabr kuni Hyatt Regency mehmonxonasida bo’lib o’tdi, unda ikki ekspert chiqish qildi: Iyenn Mann - Harneys kompaniyasining Osiyo hududi boshqaruv hamkori va Gvinn Xopkins – Perun Consultants kompaniyasi boshqaruv direktori. Mazkur ishbilarmonlar uchrashuvi ajoyib furshet bilan yakunlandi.
Butunlay bizning jamoamiz tomonidan tashkillashtirilgan muzeyning tantanali ochilish marosimi yuqori rahbariyat va “Uzsanoatqurilishbanki” ATB hamkorlari, OAV vakillari va blogerlar ishtirokida bo’lib o’tdi. Maxsus mehmon sifatida Boris Golender taklif etildi. Afsonafiy tarixchi va o’lkashunos binoning boy tarixi haqidagi qiziqarli faktlarni mehmonlar bilan bo’lishdi.
Rasmiy sessiya O'zbekiston Respublikasi prezidenti Mirziyoyev Sh.M. va Rossiya Federatsiya prezidenti Putin V.V. ning nutqidan boshlandi. Forum doirasida O'zbekiston Respublikasida AES loyihasini amalga oshirishni boshlash tantanali marosimi, ko’rgazmalar, hujjatlarni imzolash va biznes uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Forum bir necha kun davomida bo’lib o’tdi va unda mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi, hududlar rahbarlari, yetakchi kompaniyalar va sanoat korxonalari hamda boshqa biznes tashkilotlari direktorlari shular jumlasidandir.
Qizil lentani kesish marosimi karnay va surnaylarning tantalanali ovozi ostida bo’lib o’tdi, unda kompaniya bosh direktori – Tonu Gryunberg ishtirok etdi. Tadbirni raqs dastalarining yorqin chiqishlari, illyuzionist Dmitriy Polyakovning qiziqarli shousi, tanlovlar, sovg’alar, hazil-mutoyibaga boy ko’ngilochar dastur to’ldirdi.
16-dan 21-oktabrga qadar poytaxtimiz aholisi va mehmonlari Toshkent shahar hokimiyati tashabbusi bilan o’tkazilgan festivalning madaniy-ko’ngilochar dasturidan baxramand bo'lishdi. Festival she’riyat va teatr san’ati kechalari, avtomoshou, badiiy ko’rgazma, lazer shou va musiqiy festival kabi turli mavzudagi tadbirlarni o’zida jamladi.
Yirik innovatsion ko’p sohali tibbiyot va diagnostika markazining tantanali ochilish marosimiga sog’liqni saqlash sohasi xodimlari, vazirliklar va muassasalar hamda diplomatik korpus vakillari tashrif buyurishdi. Shu kuni OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham o’tkazildi.
Biz ushbu yirik tadbirning rasmiy hamkori bo’ldik. Tadbir "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida bo'lib o'tdi va unda ko’plab ekspertlar, jumladan, raqamli texnologiyalar sohasida taniqli va muvaffaqiyatli vakillar ishtirok etdi. Biz texnik uskunlar, boshlovchilar, moderatorlar, video va foto suratchilar va koordinatorlar bilan ta’minladik.
Rossiya kompaniyasidan tashrif buyurgan 60 kishi mehmonlar uchun Ugam dam olish maskanida qiziqarli sharqona kvest, ochiq havoda o’tkazilgan do’stona piknik, va palov tayyorlash bo’yicha maxsus mahorat darsini tashkilashtirdik. Mehmonlar nafaqat haqiqiy o’zbek oshining ta’mini ta’tib ko’rishdi, balki uning tayyorlanish sirlarini mahoratli oshpazlardan o’rganish imkoniga ega bo’lishdi.
Forumda 200 dan ortiq mehmonlar ishtirok etdi, ular orasida yetakchi sanoat mutahassislari, olimlar, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek ishlab chiqarish sohalari vakillari bor edi. Ushbu tadbirda ekspertlar nutqlari va boy panel muhokamalari bo'lib o'tdi. Biznes qismlar orasida ko'rgazma, kofe-breyk, mazali tushlik va musiqiy tanaffuslar bo'ldi. Forum Crystal Garden restoranida ajoyib kechki ovqat bilan yakunlandi.
ICT Week 2018 yorqin tadbirda shu yili O’zbekiston bozorida o’zining o’n yilligini nishonlagan Ucell kompaniyasini taqdim etdik. Haftalikka tashrif buyurganlar ko’rgazma doirasida o’tkazilgan turli-tuman qiziqarli tanlovlarda ishtirok etib, Ucell brendidan maxsus esdalik sovg’alarni qo’lga kiritish imkoniga ega bo’lishdi. Mobil operatorning barcha mahsulotlari va xizmatlari haqida batafsil ma’lumotni o’z ichiga olgan kompaniya stendi mehmonlarning alohida e’tiboriga sazovor bo’ldi.
Tadbir davomida biz biznes-tadbirlarni tashkil qilish, mijoz tadbirga tayyorgarlik ko'rishni qanday yanada samaraliroq bo’lishiga yordam bera oladi, fikrlarni o'g'irlanganidan oldin yaratish va hatto 5 000 000 sumga afsonaviy tadbirini qanday qilish haqida gapirildi. Tadbirning yana bir yoqimli qismi – Unique Present-dan “Bir odam uchun timbilding” jumboq taqsimoti, shuningdek, lotereya va vPodarok.uz xizmatidan sovg’alar. Biznes uchrashuvi mazali nonushta ostida ishbilarmonlik suhbatlari bilan yakunlandi.
Do’konga tashrif buyurgan mehmonlarni esdalik sovg’alar, bolajonlar uchun akvagrim, mehribon mimlar va xursandchilikka boy lahzalar kutayotgan edi. Kechaning eng esda qolarli hodisasi esa xodimlar, xaridorlar va hattoki shunchaki tasodifiy ishtirokchilar o’rtasida o’tkazilgan qiziqarli fleshmob bo’ldi.
Stend tashrif buyurgan mehmonlarni “Roumingda cheksiz internet” xizmati va korporativ mijozlar uchun mo’ljallangan tariflar bilan tanishtirib o’tdi. Yarmarka, albatta an’anaga aylangan ko’ngilochar tanlovlar va viktorinalarsiz o’tmadi. Ularda qatnashgan ishtirokchilar kompaniyadan maxsus esdalik sovg’alarini qo’lga kiritishdi va ajoyib kayfiyatga ega bo’lishdi. Ucell “Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasidagi eng ko’p tashriflarga ega bo’lgan stend” nominatsiyasida maxsus diplomni qo’lga kiritdi.
Hyatt Regency Tashkentda yangi mahsulot – termal plintuslarning taqdimoti konferentsiya formatida bo'lib o'tdi. Bizning jamoamiz ushbu tadbirni tashkil etish bo'yicha mehmonlarni ro'yxatdan o'tkazish, texnik jixozlash ishlarni amalga oshirdi va boshlovchi, fotosuratchilar va koordinatorlar bilan ta'minladi.
“Zalojnik” kvesti, “Art-terapiya” timbildingi, barbeku tayyorlash mahorat darsi, ertalabki enerjayzer, karaoke musobaqasi va taklif etilgan mehmonlar – Dmitriy Polyakov va DJ Bella! Fabelic uchun tashkil etgan ikki kunlik tadbir “Layner” tog’-kurort kompleksida aynan shunday o’tdi!
Biz Ekoparkning piknik zonasida ochiq osmon ostida filmlarni tomosha qildishni tashkil etdik – katta ekran, binbeglar, shuningdek, animatorlarni taklif etdik va Ucelldan ko'plab sovg'alar bilan tanlovlar o'tkazdik.Tadbir yangi Ucell Kino xizmatini qo'llab-quvvatlash uchun o'tkazildi.
Hyatt Regency Tashkent-da "Markaziy Osiyoda Acer" shiori ostida matbuot anjumani o'tkazildi. Tadbir doirasida Acer asosiy texnilogik modellarini namoyish etdi va ishtirokchilar kompaniyaning turli yo'nalishidagi noutbuklarini maxsus ko'rgazma zalida sinab ko'rishdi.
10-ta juftlik uchun to’y marosimi dasturi mazmunga to'la edi – yulduzlar, raqs guruhlar, fokuslar ustasi va boshqa ko'plab artistlar.To'liq texnik uskunalar, fotograflar va videosuratchilar, hamkorlardan go'zal fotozonalar, noyob sovg'alar, katta to'y torti - va bu ham barchasi emas!
Bu uchta to'liq va foydali kun edi! Asosiy ko'ngilochar dasturdan tashqari, ma'ruzachi Andrey Tolokonnikov ham qiziqarli va juda bilimdon mashg'ulot o'tib berdi. Safarning asosiy maqsadi va uning eng unutilmas qismi «Art-terapiya 2.0» yangi formatdagi timbilding bo'ldi. Jamoa a'zolari proektor orqali ko'rsatilgan fotosuratlarni aplikatsiya sifatida to'plashdi. Timbildingni to'liq tashkil etish bilan bir qatorda, bizning jamoamiz uch kun mobaynida kompaniya xodimlarini tashish bilan shug'ullanib, tadbirni to'la muvofiqlashtirishni amalga oshirdi.
Ushbu musiqiy-raqs tadbir mehmonlari Khadjiev Farrukh, “Di Live” band, Persky va Zlotnikov Dance Centre ishtirokchilarni chiqishlarini tomosha qilishdi va eshitishti. Ko'plab qiziqarli tanlovlar o'tkazildi va ko'plab sovg'alar tarqatildi.
Tadbir tashabusskori Mega Invest Industrial kompaniyasi bo’ldi. Konferentsiya doirasida spikerlar Basalt loyihasi va uning qo’llanishi haqida etib berishdilar. Bundan boshqa, qurilish materiallarini va alternativ qurilish materiallarni va ulardan foydalanishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Bizning jamoamiz bu tadbirni tashkil etilishida ishtirok etdi.
Bu so'nggi apelsingacha jang bo'ldi! Haqiqiy yapon qilichi, noyob sahna ko'rinishi - har bir ishtirokchi samuray kabi o'zini his qila oldi! Bizga bu noodatiy tadbirni tashkil etishi ishonib topshirildi. U rang-barang va juda mevali bo'ldi, shunday emasmi?
Ushbu festival doirasida bizning jamoamiz Ucell aloqa operatorining stendini tashkil etdi. Katta meva bayrami juda yorqin va mazali bo'ldi. Ucell zonasi ham juda rangli edi.
Ushbu shaharning 5 ta turli xil bog'larida bo'lib o'tgan va umumiy taxminan 40 000 kishi tashrif buyurgan shahar formatidagi birinchi festival. Tadbir davomida ko’ngil-ochar zonalari barcha mehmonlar uchun xizmat ko’rsatdilar: oilaviy timbildinglar va master-klasslardan boshlab, musiqiy va raqs guruhlarining chiqishlari bilan yakunlandi. Har bir bog'da 150 dan ortiq kishi tashkiliy-ko'ngilochar jarayonga jalb qilindilar. Ushbu ulkan tadbirni Toshkent Shahar Hokimligi ko'magida amalga oshirdik.
Bu sempling, ammo butunlay yangi va noyob formatda. Tadbir bir vaqtning o'zida bir nechta bog'da bo'lib o'tdi. Mehmonlar mahsulotlarni tatib ko'rishdi, brend bilan tanishishdi, Etty bilan yozgi selfie qilishdi, shuningdek, ko'ngilochar dasturda ishtirok etish imkoniga ega bo'lishdi.
«Qarorlar qabul qilish texnologiyasi» va «Fikrlashni rivojlantirish» mavzulariga bag'ishlangan seminar o'tkazildi. O'quv mashg'uloti qiziqarli va mazmunli bo'ldi – ishtirokchilar ma'ruzachiga savollar berishldi va qiziqish doirasidagi masalalar bo'yicha fikr almashishlariga ega bolishdi. Biz ushbu foydali va haqiqatdan ham aqlli treningni tashkil etganimizdan xursandmiz!
Arsen Dlyanchev va Dinislam Nasyrov taqdimotlar qildilar, tadbirlar uchun yangi joylar va timbildinglar uchun eng yaxshi g'oyalar haqida ma'lumot berishdi. Lev Gavrish ta'lim olish sohasidagi foydali narsa – edutainment - o'yin treninglari haqida aytib berdi, bu orqali korporativ o'rganish ajoyib va samarali bo'ladi. Mehmonlar mazali taomlar paytida netvorkingda qatnashishdi, omad uchun chiplar va timbilding oynini o'zlari bilan olib ketishdi.
Aksiyani mohiyati ota-onalarga bolalari uchun ingliz tilida ta'lim dasturi beradigan AQSh lageriga chipta yutib olish imkoniyat berishdir. Shuningdek RC Cola iste'molchilar Payme vaucher yutib olishlari mumkin ham. Ushbu tadbirning to'liq tashkil etilishi bizning ishimiz. Dizayn, to'liq texnik uskunalar, tadbirni muvofiqlashtirilishini - hamma narsa bizga topshirdi.
Chiqish tadbirlarga biz o'zgacha munosabatdamiz - biz ularni yaxshi ko'ramiz! Ular bizni qulaylik zonasidan olib chiqishini va bizning professional saviyamizni oshirishiga imkoniyat bergani uchun yaxshi ko'ramiz. Bizning iventerlarimiz murakkab ishlarni amalga oshirdilar - idoralar dizayni, boy va qiziqarli shou dasturini tashkil qilish, ovqatlantirish va boshqalar.
Top-500 Biznes-forumida 600ga yaqin tadbirkor, shahar ma'muriyatining va elchixonalar vakillari, shaharning jamoat arboblari davlat va biznes o'rtasidagi aloqani o'rnatish maqsadida Botanika bog’ida to'plandilar. Bizning jamoamiz mamlakatimizni yanada yaxshilashga yordam beradigan forumni muvofiqlashtirishda yordam berishdan baxtiyor bo’ldi!
Bayram Z.M. Bobur nomli Markaziy ekoparkda bo'lib o'tdi va turli yoshdagi bolalarni yig'di. Bolalar animatorlar bilan qiziqarli tanlovlar va kvestlarda qatnashishdi, esdalik sovg'alar va unutilmas taassurotlarga ega bo'lishdi!
Ucell "Namangan Gullari-2018" festivalida ishtirok etdi. Bobur nomli bog'da o'tkazilgan tadbirda kompaniya banneri o'rnatildi va ko'ngilochar dastur o'tkazildi. Festival ishtirokchilari Azamat Jalalov tomonidan o'tkazilgan musobaqalarda ishtirok etishdan mamnun bo'lishdi va illuzionist Andrey Li chiqishlarini tomosha qilishdi. Namanganning bahorni qanday kuzatganini va yozni qanday kutib olishgani haqida fotosuratimizda.
Aynan bunday Moskva spikeri Kirill Naumovning "Geymifikasiya. Sadoqat dasturi" ishtirokchilarining kuni o’tdi. 8 soat davomida ishtirokchilar Apple kompaniyaning sertifikatlangan treneri rahbarligida geymifikaciyaning so'nggi tendentsiyalari, mijozlar va xodimlarning turtki berishlari bilan tanishdilar.
Tadbir uch kun davom etdi: birinchi va ikkinchi kunlar konferensiya tarzida Toshkent shahrida bo'lib o'tdilar. So'nggi kunida kompaniyaning chet ellik vakillari Buxoroga tashrif buyurishdi va u yerda mehmonlarimiz uchun pazandalik master-klass, shaharning markazida qiziqarli kvest va ekskursiyalar bo'lib o'tdilar.
Bu qadar yuksak darajali loyihalar ustida ishlash – imkoniyatimizni ko’rsatish ilojisi va rivojlanishimiz uchun juda katta yordam beradi. Biz ishonch uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihaviy boshqaruv milliy agentligiga minnatdorchiligimizni bildiramiz va chin yurakdan omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Ushbu festival doirasida "askarlarimiz" Ucell Zvooq xizmatini va "Yangi Pozitiv" tarif rejasini ishga tushirish uchun BTL-aksiyalarini tashkil etishdi. Aksiyalar ikki kun mobaynida o'tkazilib, ajoyib sovrinlar, illuzyonistlarning paydo bo'lishi va tashrif buyuruvchilarga konsultatsiyalari bilan ko'plab qiziqarli tanlovlar o'tkazildi.
Ammo bu vaziyat boshqacha. Biz tayyorlab va o’tkazib bergan konferentsiya juda qiziqarli tarzda o’tkazildi! Tadbirni birinchi qismi Make Some Noise restoranida o’tib yuborildi va bouling klubida turnir bilan bittirildi.
Ajoyib telefon modelini kamerasi imtiyozlari va chiroyli suratni asosiy qoidalari haqida poytaxtimizning yetakchi fotosuratchilar Veronika Yatsina, Ulugbek Jo’rayev va Diana Ibragimova gapirib o’tishti. Bundan boshqa, rasm ustalarimiz mukammal selfi va suv ostida rasm va video olishni korsatib berishti. Bundan tashqari, tadbirni mehmonlari yangi smartfonni sinab ko’rishti, selfi va slow-mo videolar olindi va o’zini selfimodjilarni qilib o’ziga yuborib o’lishti. Kayfiyatni yukori darajada ushlab turish javobgar shaxslar: Kuk choy va Nashwan guruxlari.
Tadbir Wyndham Toshkent mehmonxonasida 14 aprel kuni bo'lib o'tdi va unda 300 dan ortiq kishi ishtirok etdi! Tinglovchilar biznes maktablarining o'quv dasturlari bilan tanishdilar, Osiyo davlatlarini iqtisodiyot sohasidagi so'nggi tadqiqotlar haqida bilib olishdi. Eng muvaffaqiyatlilar sovrinlarga ega bo'lishdi - vPodarok.uz-dan havo sharida parvoz, RentCar.Uz-dan bir kunga avtomobilni ijaraga olish va Be the Change Group-ning keying master-klassiga bepul chipta.
Tadbir Grand Mir Hotel mehmonxonasida bo'lib o'tdi. Bizning jamoamiz mas'uliyat zonasi: sahna, ekranlar va bannerlarni joylashtirish, shuningdek boshlovchi va fotograflarni taqdim etish edi.
«O'zekspomarkaz» da qabul qilingan Konsepsiyaning ekspert-ommaviy muhokamasi bo'lib o'tdi. Tadbirni rejalashtirish va tashkillashtirishdan tashqari, jamoamiz foto va videoroliklarni, translyatsiyani ham amalga oshirdi.
LOTTE mehmonxonasida o’tilgan tadbirga 12 davlatdan 200ga yaqin vakillat tashrif buyurdilar. Simpozium mukammal darajada o’tdi. Dekorasiyalar, audio va video uzatib bo’rish – bu biz qilgan ishimizni to’liq ro’yxati emas.
«Layner» tog’-kurort kompleksida bir nech kun zavqli faolliklar bilan boy tadbir bo’lib o’tdi. Konferensiyani mavzusi Buyuk ipak yo’li bo’ldi. Qiziq kvest va timbilding qatnashuvchilari yoqimli sovg’alarga ega bo’lishdi. Tadbir doirasida qatnashuvchilar kompaniyani ishi va rejalar haqida suhbatlasha oladigan bir nechta parallel sessiyalar o’tkazildi.
Ayni bu tadbir uchun maydonda sahnalar o’rnatildi va dasturlar tayyorlandilar. Musiqachilar va didjeylar chiqishdilar, bellashuv va furshet o’tkazildi. Miqyosi katta tadbirni ajoyib tarzda Unique Present Media Holdingni direktori Arsen Dlyanchev o’tkazib berdi.
Tadbirni tashkil qilishdan tashqari bizning kompaniyamiz sinxron tarjima sistemasini ham taqdim qildik. Bunaqa tadbirlarni o’tqazish biz uchun juda muhim, chunki potensialimizni va imkoniyatlarimzi ko’rsatish uchun qulay imkon.
Yosh xodimlar jamoalarga bo’linib ishladilar va nafaqat soha bilan yangi tarafdan tanishib chiqishdi, balki jamoani ichida ishlashni ham o’rganishdi. Bunga treningdan song o’tkazilgan «Zanjir reaksiyasi» timbilding ham yordam berdi.
«Turkiston» san’at saroyida o’tkazilgan tadbirga 1000 yaqin mehmonlar tashrif buyurdilar. Ishbilarmonlar uchun bu qadar foydali tadbir o’tkazganimizdan juda hursand bo’ldik.
Texnika bilan ta’minlash, oyinlar va konkurslar ishlab chiqarish, ko’ngil ochadigan dasturni tayyorlash – bu ishimizning eng kichkina qismi. Kompaniyani xodimlari va tadbirni mehmonlari fleshmobda,bellashuvlarda, musobaqalarda qatnashishdi.
Bizning jamoamiz stendni kompaniyani imidji va korporativ dizayniga moslashtirdi va ko’ngil ochadigan dasturni tayyorlab otkazib berdi.
Ko’p sonli mutaxassislar, uyqisiz kechalar va bir nech kun to’xtamagan ish. Natijada – muvaffaqiyatli o’tkazilgan tadbir!
«O’zbekiston havo yo’llari» Milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda biz yanada unutilmas va sehrli bayram o’tkazishga harakat qildik. Qor bobo va Qorqiz, fokuschilar va qiziqchilar, sovgalar va tuhfalar – hamma narsa belgilangandek o’tdi va eng asosiysi – bolalar zavqlanishdi!
Tadbir Radisson Blu Hotel-da bo'lib o'tdi va 150 dan ortiq mehmonlarni yig'di. Tadbir doirasida ko'rgazma maydonchalariga ekskursiyalar, qahva tanaffuslari tashkil etildi, Panasonic mahsulotlari bilan reklama stendlari, shuningdek koordinatorlar, boshlovchi, fotograf va boy ko'ngilochar dastur tashkil qilindi.
160 kishilik kechki ovqat "Baxor" restoranida bo'lib o'tdi. Unique Present jamoasi tomonidan transfer, shuningdek, fotosuratchilar, koordinatorlar, maxsus tayyorlangan brendlashtirilgan shirinliklar va audio jihozlar tashkil etildi. Tadbirni Arsen Dlyanchev o’tkazdi.
"O'zbekiston" mehmonxonasining banket zalida 300 kishi uchun yangi yil bo'lib o'tdi. Mehmonlarni hostes va torli cholg’u kvartet kutib oldi va tadbirning o'zi yorqin shou-dastur bilan to'la edi. Bezatish va muvofiqlashtirishga qo'shimcha ravishda, jamoamiz tabriklar audio yozuvlari, video yaratdi va tadbirning alohida ssenariyasini tayyorladi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kompaniya Yaponiya mavzusida nishonlashga qaror qildi! Tadbirda geysha animatorlari, yapon chiroqlari, yozuvlar, matolar, muxlislar, qilichlar, ajdarlar, sakura bilan fotozonalar mavjud edi. Bundan tashqari, choy marosimlari va sushi tayyorlash uchun master-klasslar o'tkazildi. Ayniqsa, ushbu tadbir uchun Yaponiya kostyumlari vakillar uchun tikilgan va sovg'alar tayyorlangan.
Kompaniyaning yubileyi "Tashkent International Hotel" mehmonxonasida bo'lib o'tdi. Boshlovchilar, musiqachilar, fotograflar, operatorlar, koordinatorlar, dizayn va texnik jihozlar - bularning barchasi bizning jamoamizning ishidir. Bundan tashqari, noyob fotosuratlar, rasmlarni tezkor bosib chiqarish zonalari, shuningdek, esdalik sovg'alar yaratildi.
Bunday yorqin yangi yilni o'tkazishning yana bir sababi kompaniyaning 10 yilligini nishonlash edi. Tadbir davomida har bir xodimning karikaturalari va haykalchalari sovg’a etildi, shuningdek korporativ pazl to'plandi. Bularning hammasi, boy dastur bilan birga, bu oqshomdan sehrli va unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Turli firma xodimlari o'rtasidagi musobaqalar jamoani qurishga hissa qo'shadi. Urush bir necha yo'nalishda - shaxmat, bouling va stol tennisi bo'yicha o'tdi. Har bir yo'nalishda g'alaba qozongan jamoa esdalik sovg'alarga, shuningdek, keyingi o'yingacha g'oliblar nomiga ega bo’ldilar.
Zavodning ochilishi eng tantanali muhitda bo'lib o’tdi. Mehmonlarni xostes va karnay-surnaylar kutib oldilar. Tadbirning boshlovchilari: Arsen Dlyanchev va Azamat Jalalov. Mehmonlar zavodni ko’rib chiqishdi va tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.
Tadbir 90-yillarning uslubida o'tkazildi, ularda mehmonlar kutib olish, tadbirning asosiy qismi uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqildi. Boshlovchi, fotosuratchilar va operatorlar, musiqa va raqs guruhlari, DJ, shuningdek bir necha fotosurat uchun zonalar va zali to'liq bezovi ham taqdim etildi.
O’zbekiston, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Qorgon 3 ko’chasi, 3
Xabaringiz yuborildi. Sizga eng qisqa vaqt ichida qaytarib beramiz.
Xabarni yuborib bo'lmadi. Keyinroq qayta urinib ko'ring.
Unique Present
Sound Live
Video Production
Teambuilding